Biocompetence.uz – bu biologiya fanini zamonaviy web-texnologiyalar orqali o‘qitishni takomillashtirishga qaratilgan innovatsion ta’lim platformasi. Platformaning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda biologik bilimlar, tadqiqotchilik malakalari, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari va amaliy kompetensiyalarni shakllantirishdir.
Platforma zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv o‘quv vositalari hamda virtual ta’lim texnologiyalariga asoslangan bo‘lib, quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
1. Nazariy bilimlar markazi – biologiya fanining barcha asosiy bo‘limlari bo‘yicha tushunarli, rangli va tizimli o‘quv modullari.
2. Virtual laboratoriya – real tajribalarni xavfsiz va interaktiv tarzda virtual muhitda bajarish imkoniyati.
3. Kompetensiyaga yo‘naltirilgan darslar – har bir mavzu o‘quvchi kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish metodikasiga asoslanadi:
- tanqidiy fikrlash
- tajriba o‘tkazish
- kuzatish va tahlil qilish
- muammoni hal qilish
- ekologik ongni shakllantirish
4. Interaktiv o‘rganish zonasi -s Simulyatsiyalar, animatsiyalar, interaktiv diagrammalar, mini-o‘yinlar va mashqlar orqali mavzularni yanada chuqurroq o‘zlashtirish.
5. Bilimlarni tekshirish markazi – testlar, amaliy topshiriqlar, diagnostik o‘yinlar va reyting tizimi orqali o‘quvchilar bilimini avtomatik baholash.
6. Mustaqil ta’lim bo‘limi – o‘quvchilar uchun qo‘shimcha resurslar, treninglar va mustaqil o‘rganish bo‘yicha yo‘riqnomalar.
7. Ijodiy bo‘lim – biologiya faniga oid loyihalar, rasmlar, modellar, kashfiyotlar va o‘quvchilarning ijodiy ishlari uchun maxsus sahifa.
Platformaning vazifalari:
- Biologiya fanidan kompetensiyalarni shakllantirish
- O‘quvchilarni zamonaviy virtual ta’lim vositalariga moslashtirish
- O‘qituvchilarga innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda yordam berish
- Ta’lim jarayonini qiziqarli, interaktiv va samarali qilish
